"Maxam-Chirchiq" Ajdagi markaziylashtirilgan energo uskunalarni ta’mirlash sexining asosiy vazifasi – korxonaning energo uskunalarini ta’mirlash bo‘lib, bunga murakkab va noyob uskunalarni sozlash, elektr uskunalarini sinash, portlashga chidamli uskuna va elektr o‘zgartirgichlarni sozlash, ta’mirlash, profilaktika ishlari va boshqalardir.
.png)
Sex tarkibiga oltita asosiy ishlab chiqarish uchastkasi kiradi:
Transformator va elektromotorlarni ta’mirlash uchastkasida 200 kVt va undan yuqori quvvatdagi yirik o‘lchamli elektromotorlar va transformatorlar ta’mirlanadi.
O‘rov uchastkasi universal bo‘lib, bu yerda har xil turdagi texnik jihozlar, ayniqsa yirik elektromotorlar uchun to‘liq o‘rov ishlari bajariladi.
Elektrotexnika laboratoriyasi sexning o‘ziga xos sifat nazorati bo‘lib, ta’mirdan chiqqan har qanday uskuna shu yerda tekshiriladi va undan keyingina ishlab chiqarishga yo‘l oladi.
Texnologik sexlardagi elektr uskunalarni ta’mirlash uchastkasi korxonadagi barcha texnologik sexlarda joylashgan elektr uskunalarni tezkorlik bilan o‘z vaqtida va o‘z joyida ta’mirlashga ixtisoslashgan.
Qozon uskunalarini ta’mirlash uchastkasida korxona hududidagi barcha qozon uskunalari ta’mirlanadi.
Elektromexanika uchastkasi faqat sexga tegishli bo‘lgan elektr uskunalarini ta’mirlashga ixtisoslashgan.


