Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi

// 06 August 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (19.22 MB)

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olimpiada ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi. 

Marosimda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov ishtirok etib, o‘quvchilarni ushbu yuksak natija bilan tabrikladi hamda ularga Jamiyat tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi. 

Maʼlumot uchun, 87 ta mamlakatdan 340 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli olimpiadada Toshkent shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Daler Rahimov –- oltin medalni, Toshkent shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ahror Bahodirov - kumush medalni, Navoiy shahar 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o‘quvchisi Saida Abdullayeva – kumush medal hamda Toshkent shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mirjahon Muhammadov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Oʻzbekiston terma jamoasi yoshlarini va ularning ota-onalarini nufuzli fan olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda yuqori natijalari bilan tabriklaydi!  

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati