
Dilshod Jumayev korxonadagi mehnat faoliyatini 1990-yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida u kasb sirlarini puxta egallab, tajriba va mahorat orttirdi. Bugungi kunda jamiyatning 55-aloqa sexida usta sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Qariyb 36 yil — shunchaki raqam emas. Bu yillar ortida halol mehnat, kasbga sadoqat, mas’uliyat va katta hayotiy tajriba mujassam. Shu davr mobaynida mutaxassis korxona hayotidagi ko‘plab o‘zgarish va yangilanishlarga guvoh bo‘ldi, eng muhimi, o‘z mehnati bilan ularning bir qismiga aylandi. Aloqa tizimining ishonchli va uzluksiz ishlashi har qanday yirik ishlab chiqarish korxonasi faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Qahramonimiz ana shu mas’uliyatli yo‘nalishda ko‘p yillik tajribasi va kasbiy mahorati bilan jamoa ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. “III-darajali kimyogar” ko‘krak nishoni mustaqillik shodiyonalarida kasb fidoyisi uchun kutilmagan va quvonchli rag‘batga aylandi.