Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari faoliyati jamiyat taraqqiyoti, davlat va xalq oʻrtasidagi ochiq muloqotni taʼminlashda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Yangiliklarni oʻz vaqtida, aniq va xolis ravishda jamoatchilikka yetkazish, dolzarb masalalarni keng yoritishda siz aziz OAV xodimlarining xizmati beqiyos.
Jasorat, masʼuliyat, adolatparvarlik, halollik — bugungi zamonaviy jurnalistning ajralmas fazilatlari. Myehnatingiz orqali jamiyatda shaffoflik, xolislik va ochiqlik mezonlari mustahkamlanib bormoqda.
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qalamingiz doimo oʻtkir, ijodingiz sermahsul boʻlsin!
“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi