Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2034-yilga kelib oʻta yuqori molekulyar polietilen bozori hajmi 11,95 milliard dollarga yetishi mumkin

// 08 September 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (3.85 MB)

2024-yilda jahon bozorida oʻta yuqori molekulyar polietilen (OʻYUMP) hajmi 2,73 milliard dollarni tashkil etdi. 2025-yilda ushbu bozor 3,16 milliard dollarga yetishi kutilmoqda va prognozlarga koʻra, 2034-yilgacha 11,95 milliard dollargacha oʻsishi mumkin. Bu esa oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 15,91% boʻlishini anglatadi, deb xabar berdi Verified Market Reports agentligi oʻz tadqiqotida.

2024-yilda eng katta daromad ulushi Shimoliy Amerikaga toʻgʻri kelgan – 41%. Bu esa mintaqaning qudratli mudofaa sanoati va rivojlangan sogʻliqni saqlash tizimi bilan izohlanadi. Mintaqa kuchli sanoat bazasiga ega boʻlib, bu OʻYUMPning turli sohalarda qoʻllanilishini kengayishiga yordam bermoqda. 

Hisobotga koʻra, yaqin yillarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi eng tez oʻsadigan bozorga aylanishi kutilmoqda. Bu asosan tez industriallashuv va turli sohalarda mustahkam, yengil materiallarga boʻlgan talabning ortishi bilan bogʻliq. 

Mudofaa byudjetlarining oʻsishi va infratuzilma rivoji ham muhim omillar hisoblanadi. Yevropa esa innovatsiyalar, barqaror rivojlanish va yuqori muhandislik standartlariga boʻlgan eʼtibor tufayli katta salohiyatga ega hudud sifatida baholanmoqda. 

OʻYUMP bozorining oʻsishi tibbiyot, aerokosmik, mudofaa va sanoat sohalarida ushbu materialga boʻlgan talab ortishi bilan bogʻliq. Materialning ajoyib mexanik xususiyatlari, mustahkamligi, yuqori zarbaga chidamliligi va ishqalanishga qarshi turish qobiliyati uning ommalashuviga turtki bermoqda. Tibbiy maqsadlarda biomoslik xususiyati va yengil vazn ham materialning jozibadorligini oshiradi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati