Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

// 12 June 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.05 MB)

11-iyun kuni Bo‘stonliq tumanidagi Heaven's Garden konferensiyalar zalida “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi doirasida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi maslahatchilari Sanobar Abduraxmanova hamda Muxammadbobur Abdurazakov, Navoiyazot AJ boshqaruv raisi Farrux Samadov, Maxam-Chirchiq AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari — ishlab chiqarish bo‘yicha direktor Rixsibay Uzakov, “Ammofos-Maxam” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Bexzod Gafurov hamda tarmoq korxonalaridan tashrif buyurgan yoshlar va talabalar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va kimyo sanoatining istiqboldagi rivojlanishida yosh mutaxassislarning o‘rni haqida fikr almashildi.


Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar hamda qimmatli tavsiyalarga ega bo‘ldilar.