2019 yilning yanvar oyida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida
2019 yilning yanvar oyida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 535,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 122,7%ni tashkil qildi. Sof holda 114,45 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 88,45 ming tonna azotli, 11 ming tonna fosforli va 15 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 361,78 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 208,62 ming tonnasi sotildi.