2019 yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2224, 7 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 118,4%ni tashkil qildi.
Sof holda 454,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 339,33 ming tonna azotli, 52,28 ming tonna fosforli va 62,43 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 1923,1 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 988,3 ming tonnasi sotildi.