2016 yilda “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 100,6%) ishlab chiqarildi.
Sof holda 1,2 mln. tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 944,2 ming tonna azotli o'g'itlar, 143,0 ming tonna fosforli o'g'itlar va 138,0 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2016 yilda 317,2 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (o'sish sur'ati 100,9%).
15 investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu bilan birga "Angren" EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo'jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish"loyihasi bo'yicha qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish, shuningdek, “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish bo'yicha majmuasi hamda “Navoiyazot” AJ da ammiak va karbamidni ishlab chiqarish loyihalari bo'yicha qurilish ishlarini boshlanishi evaziga belgilangan rejaga nisbatan investitsiyalarni o'zlashtirilishi 100,5% ga bajarildi.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati