Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2015 yilning yanvar-sentabr yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 07 October 2015 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.36 KB)

2015  yilning yanvar-sentabr  oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida  1646,4  mlrd.  so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 150,5 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,7%) ishlab chiqarildi.

Sof holda 954,6  ming tonna  mineral o'g'itlar, shu jumladan  734,5  ming tonna azotli o'g'itlar, 105,5  ming tonna fosforli o'g'itlar va 114,6    ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2015 yil yanvar-sentabr oylarida  182,2   mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 129,7 mlrd.so'm).

2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan  121,66  mln.dollar   hajmida investitsiyalar   o'zlashtirildi va prognoz 100,2%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 154  mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.

162 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 46 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2015 yil yanvar-sentabr oylari davomida 41420,3  mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 1579,6   mln.so'mlik  456 ming tonna  kompost tayyorlandi va sotildi, 380,9 ming tonna organik va 515 mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 1003,9  ming gektar  g'alla  va paxta maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati”