Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2,59 mln tonna mineral o'g'it qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga yetkazib berildi

// 13 May 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.14 KB)

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi qariyb 200 ta mamlakatdan atigi 15 tasida azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning barcha turlari ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston ana shunday davlatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyoda esa ushbu uch turdagi mineral o‘g‘itlarni to‘liq ishlab chiqarayotgan yagona mamlakat hisoblanadi.

2025 yil yakuniga ko‘ra, mamlakatda 3,56 mln tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqarildi. Uning 2,59 mln tonnasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga yetkazib berildi.

Fermerlar uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida mineral o‘g‘itlar birja savdolari orqali 10 foizgacha arzon narxlarda taklif etilmoqda. Respublika bo‘ylab tashkil etilgan zamonaviy omborlar tizimi esa mahsulotlarni tez va samarali yetkazib berish imkonini bermoqda. Bugun ortish va yuklash jarayonlari raqamlashtirilgan bo‘lib, barcha mahsulotlar ISO 9001 standarti talablari asosida ishlab chiqarilmoqda.

2026 yilda esa 3,63 mln tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqarish rejalashtirilgan.