Матн ранги:
A
A
A

Oddiy ko'rinish

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

// 18 January 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.69 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini taʼminlash, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayramini munosib oʻtkazish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJda “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan turnirga tashrif buyurgan “Zakovat” klubi a’zosi, mavsum chempionlaridan biri Temur Mirzayev Jamiyatda “Zakovat” intellektual oʻyini hamda ilm-fanga e’tibor yuqori ekanligini alohida ta’kidladi. Mazkur turnir uchun maxsus savollar ham aynan “Zakovat” klubi bilimdoni tomonidan tayyorlandi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 2 turdan iborat bo‘ldi hamda jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.  Yakunda Yigʻma axborot-tahlil departamentining “Nazoratchilar” jamoasi gʻolib boʻldi va faxrli 1-oʻrinni egalladi. Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamentining “Platinum” jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamentining “Erudit” jamoasi esa 3-oʻrin sohibi boʻldi.

 

         “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati