“O'zekspomarkaz”da kimyo va plastmassa sanoatining “Chemie & Plastex Uzbekistan – 2013” yettinchi xalqaro ko'rgazmasi boshlandi. Ushbu xalqaro ko'rgazma O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, “O'zkimyosanoat” kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan “ITE Uzbekistan” xalqaro ko'rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O'zbekiston, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina kabi mamlakatlardan yigirmadan ortiq kompaniya o'z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.