Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyatida xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisligiga saylov o'tkazildi

"Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyatida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida joriy yilning 21-iyun kuni MCHJ direktori Farrux Samadov hamda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi – xotin-qizlar kengashi raisi Sanobar Abduraxmanova boshchiligida xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisligiga saylov o'tkazildi. Ochiq ovoz berish yo'li orqali o'tkazilgan saylovda uch nafar nomzodlar ichidan Sodiqova Nasiba Xalilovna xotin-qizlar kengashi raisligiga saylandi.