Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Navoiy hikmatlari

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

 

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

 

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

 

Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir.

Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.

 

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi.

Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

 

Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur.

Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.

 

Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar.