Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2022-yil yanvar-sentabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot

2022-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga  tushgan jami murojaatlar soni 417 tani tashkil etib, 94 tasi yuridik shaxslardan, 323 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 71 tasi qanoatlantirilgan, 346 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.

Murojaatlarning 154 tasi ishga kirish, 43 tasi mineral oʻgʻitlar eksporti, 40 tasi homiylik yordami koʻrsatish, 35 tasi qonun va tartib buzilishlari, 28 tasi mineral oʻgʻit sotib olish, 16 tasi ish haqini oshirish, 15 tasi hamkorlik qilish, 12 tasi debitor va kreditor qarzdorlik, 5 tasi konvertatsiya, 1 tasi imtiyozli nafaqaga chiqish, 68 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2022-yilning 9 oyi davomida  “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 170 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 24 tasi qanoatlantirilgan, 146 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolarga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 2022-yilning 9 oyi davomida  “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 6 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 tasi ijobiy hal qilingan, 4 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi orqali  2022-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 66 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati yuridik shaxslarga tegishli boʻlib, ularning 27 tasi mineral oʻgʻitlar eksporti, 14 tasi mineral oʻgʻit sotib olish yuzasidan, 9 tasi ishga joylashish, 8 tasi tijorat takliflari, 8 tasi boshqa  masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Hisobot davrida boshqaruv raisi tomonidan “Maksam-Chirchiq” AJda va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda, boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda, boshqaruv raisining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda va “Ammafos-Maksam” AJda hamda boshqaruv raisining investitsiya va innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda Sayyor qabullar oʻtkazilgan. Sayyor qabular davomida 27 nafar fuqaro qabul qilingan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida koʻrib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan.