Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2021-yil yanvar-sentabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot

2021-yil yanvar-sentabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga  tushgan jami murojaatlar soni 393 tani tashkil etib, 96 tasi yuridik shaxslardan, 297 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 73 tasi qanoatlantirilgan, 307 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, qolgan 13 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Murojaatlarning 128 tasi ishga kirish, 48 tasi homiylik yordami koʻrsatish, 39 tasi qonun va tartib buzilishlari, 32 tasi hamkorlik qilish,
25 tasi mineral oʻgʻit sotib olish, 9 tasi ish haqini oshirish, 7 tasi imtiyozli nafaqaga chiqish, 4 tasi debitor va kreditor qarzdorlik, 1 tasi taʼlim sohasi, 100 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2021-yil yanvar-sentyabr oylari  davomida  “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 156 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 27 tasi qanoatlantirilgan, 122 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 7 tasi koʻrib chiqilmoqda. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Fargʻona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolarga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 2021-yil yanvar-sentyabr oylari davomida  “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 7 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 tasi ijobiy hal qilingan, 5 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi orqali  2021-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 50 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati yuridik shaxslarga tegishli boʻlib, ularning 15 tasi tijorat takliflari, 11 tasi mineral oʻgʻit sotib olish yuzasidan, 9 tasi ishga joylashish, 15 tasi boshqa  masalalar yuzasidan kelib tushgan.

2021-yilning 9 oyi davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi tomonidan “Fargʻonaazot” AJda va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda va Dehqonobod tumani Beshbuloq MFYda hamda boshqaruv raisining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda Sayyor qabullar oʻtkazilgan. Sayyor qabular davomida 32 nafar fuqaro qabul qilingan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida koʻrib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan.