Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2021 yil yanvar-mart oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJ tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan olib borilgan ishlar to'g'risida ma'lumot

2021 yil yanvar-mart oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJ ijro apparatiga  tushgan jami murojaatlar soni 172 tani tashkil etib, 38 tasi yuridik shaxslardan, 134 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 25 tasi qanoatlantirilgan, 139 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan, qolgan 8 tasi ko'rib chiqilmoqda.

Murojaatlarning 76 tasi ishga kirish, 6 tasi mineral o'g'it sotib olish, 16 tasi hamkorlik qilish, 6 tasi ish haqini oshirish, 11 tasi homiylik yordami ko'rsatish, 12 tasi qonun va tartib buzilishlari, 45 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2021 yil yanvar-mart oylari  davomida  “O'zkimyosanoat” AJga jami 59 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 8 tasi qanoatlantirilgan, 51 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Farg'ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolarga to'g'ri keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali 2021 yil yanvar-mart oylari davomida  “O'zkimyosanoat” AJga jami 1 ta murojaat kelib tushgan va ijobiy hal qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi orqali  2021 yil yanvar-mart oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJga jami 17 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati yuridik shaxslarga tegishli bo'lib, ularning 4 tasi tijorat takliflari, 3 tasi mineral o'g'it sotib olish yuzasidan, 3 tasi ishga joylashish, 7 tasi boshqa  masalalar yuzasidan kelib tushgan.

2021 yilning 1-choragida “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi tomonidan “Farg'onaazot” AJda hamda boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda Sayyor qabul o'tkazilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida ko'rib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan.