Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar reklama qilish va investitsion loyihalarni keng targ'ib qilish tartibi to'g'risida Nizom

"O'zkimyosanoat" DAK boshqaruvi raisining 2014 yil 23 oktyabrdagi "Ishlab chiqariladigan mahsulotlar reklama qilish va investitsion loyihalarni keng targ'ib qilish tartibi to'g'risida"gi 117-sonli buyruq bilan tasdiqlangan.

I.Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom 24.07.2014 yildagi ««O'zkimyosanoat» DAK faoliyatida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirish samaradorligining reyting baholanishi oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasi»ga muvofiq ishlab chiqilgan hamda «O'zkimyosanoat» DAK (matnda — kompaniya) rasmiy korporativ veb-sayti (matnda — veb-sayt) orqali kompaniya korxonalariga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni reklama qilish va investitsion loyihalarni keng targ'ib qilish xizmatining tartibi va sharoitini belgilaydi.

2. Veb-sayt kompaniya va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan interaktiv xizmatlar amaldagi qonunchilik va soha normativ hujjatlarida belgilangan, shu jumladan pullik xizmat ko'rsatish asosida soha interaktiv xizmatlariga yagona kirish nuqtasi hisoblanadi.

3. Interaktiv xizmatlarini ko'rsatish uchun korporativ shaxsiy kabinetga kelib tushgan yangi arizalarni tekshirish har kuni kamida uch marta amalga oshiriladi.

4. Foydalanuvchilarga interaktiv xizmatlarini ko'rsatish amaldagi qonunchilik tomonidan o'rnatilgan tartibda va vaqtlarda amalga oshiriladi va foydalanuvchiga so'ralgan shaklda yuborilishi kerak (yozma va elektron).

II. Xizmat ko'rsatish uchun arizalarni yuborish, qabul qilish va ko'rib chiqish tartibi

5. Mas'ul shaxslar murojaatlarni qabul qilganda uch ish kunidan kechitirmasdan uni majburiy tartibda qabul qilish kerak (foydalanuvchiga uning murojaati qabul qilinganligi to'g'risida xabar yuboriladi).

6.  Quyidagilar arizani ko'rib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

  • odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma'nosi bo'lmagan takliflar va shunga o'xshash murojaatlar);
  • murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo'lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo'lmagan murojaatlar.
  • ko'rinishi va tarkibiga ko'ra tugatilmagan yoki to'liq bo'lmagan reklama-multimediya ma'lumotlar.

oluvchi tomonidan murojaatni ko'rib chiqish rad etilganda uch ish kuni mobaynida murojaatni ko'rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari ko'rsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish to'g'risida xabarnoma yuboriladi.

7. Kelib tushgan arizalar tarkibiy bo'linmalarning mas'ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi va ko'rib chiqiladi.

8. Murojaatlarni ko'rib chiqishda uni ob'ektiv, hartomonlama va o'z vaqtida ko'rib chiqish ta'minlanadi, shuningdek arizachilarning buzilgan manfaati, huquq va erkinliklarini tiklash va himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar ko'riladi.

9. Bitta va aynan o'sha foydalanuvchining oluvchi bir necha bor ushbu masala bo'yicha javob bergan murojaati, agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo'lsa, ko'rib chiqilmaydi.

III. Interaktiv xizmatni ko'rsatish javobgarligi va nazorati

10. Arizalardagi ma'lumotlar kompaniya veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida ishlatilishi mumkin.

11. Kompaniya boshqarma, bo'lim va tarkibiy bo'linmalar rahbarlari belgilangan tartib va muddatlarda interaktiv xizmatni ko'rsatilishi borasida shaxsan javobgardirlar.

12. Mazkur Nizomni buzgan mas'ul xodimlari qonunchilik  hujjatlariga muvofiq javob beradilar.