Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarorining bajarilishi haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 05.08.2016y. №252

Qayd etilsinki, aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilashda, raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirishda va tashqi bozorlarga kiritishda ularning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini joriy etish natijasida davlat ulushiga ega bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 2015 yilga nisbatan 1,7 baravar qisqardi.

Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun istiqbolli bo'lgan 17 ta aksiyadorlik jamiyatida ular rahbarlarining harakatsizligi hamda menejmentning samarali tashkil etilmaganligi oqibatida xorijiy investorlarni jalb etishning belgilangan tarmoq jadvallari barbod qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarori talablari so'zsiz bajarilishini ta'minlash, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallarida davlat aktivlari va ulushlarini yanada qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi

QAROR QILADI:

1. Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasida tanqidiy ko'rib chiqilishi yakunlariga ko'ra:

xorijiy investorlarni jalb etish yuzasidan belgilangan tarmoq jadvallarining bajarilishiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan hamda zamonaviy talablarga muvofiq ishlashga qodir bo'lmagan "Gidromaxsusqurilish" AJ (A.S. Radjabov), "Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati" AJ (M. Nematov), "Toshkent qishloq xo'jaligi texnikasi zavodi" AJ (B.B. Ishmetov), "Agregat zavodi" AJ (R.R. Raximov), "O'zneftgazmash" AJ (F.F. Yunusov), "Namangan ulgurji savdo" AJ (T.K. Abbosov), "Chimboymoy" AJ (D. Nurimbetov) va "O'zneftgazqurilishinvest" AJ (A.A. Alimov) aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan;

xorijiy investorlar bilan samarali ishlarni ta'minlamagan 9 ta aksiyadorlik jamiyati hamda ularning yuqori idoralari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko'rilgan hamda ular xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning so'zsiz bajarilishi uchun shaxsan mas'ul ekanliklari to'g'risida qat'iy ogohlantirilgan;

17 ta aksiyadorlik jamiyatining har biri bo'yicha xorijiy investorlardan ularning aksiyadorlar tarkibiga kirishi yuzasidan aniq takliflar kiritishni nazarda tutuvchi qo'shimcha chora-tadbirlar kompleksi va yangi tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan.

2. O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, xo'jalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining:

1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishning uzil-kesil muddatini 2017 yil 1 oktyabrgacha etib belgilash to'g'risidagi;

2-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlariga 2017 yil 31 dekabrgacha xorijiy investorlarni jalb etish to'g'risidagi;

xorijiy investorlarning 3-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ishlab chiqarish quvvatlari negizida 15 ta qo'shma korxona tashkil qilishda ishtirok etishi to'g'risidagi;

4-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini va davlat aktivlarini tanlov asosida "nol" sotish qiymati bo'yicha, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda xususiy mulk etib sotish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. Belgilab qo'yilsinki:

ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga 2-bandda ko'rsatilgan muddatlarda xorijiy investorlar jalb etilmagan taqdirda ular boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda qayta tashkil etiladi;

belgilangan muddatlarda xorijiy investorlar jalb etilishini ta'minlamagan ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko'rsatilgan aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan qat'iy intizomiy jazo choralari qo'llaniladi.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi PQ-2327-son qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi:

ushbu qarorga 4-ilovaga kiritilgan ob'ektlarni "nol" xarid qiymati bo'yicha sotish yuzasidan tanlovlar o'tkazish jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasin;

5-ilovaga muvofiq ro'yxat bo'yicha aksiyadorlik jamiyatlarining belgilangan tartibda yuridik shaxslarning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarida qayta tashkil etishni 2017 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda ta'minlasin;

vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining ushbu qarorga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini xorijiy investorlarga sotish to'g'risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitsin.

5. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari:

ushbu qarorga 1-4-ilovalarda ko'rsatilgan idoraviy mansub aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarning o'z vaqtida jalb etilishi yuzasidan tizimli ishlarni ta'minlasinlar va qat'iy nazorat o'rnatsinlar;

xo'jalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan chora-tadbirlarning samaradorligi to'g'risidagi hisobotlarini o'n kun muddatda eshitsinlar, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishning belgilangan muddatlari so'zsiz bajarilishi bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarni qo'llasinlar.

6. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

 

I. Karimov

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 avgustdagi 252-son qaroriga 6-ILOVA

 

 

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

o'zgartirish va qo'shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyatidagi qurilishi tugallanmagan ob'ekt negizida zamonaviy to'qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2010 yil 18 noyabrdagi 252-son qarorining 2-bandida:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2011-2012 yillar mobaynida birinchi bosqichda 50,0 mln AQSh dollari miqdoriga teng summani, ikkinchi bosqichda 2013-2017 yillar mobaynida loyihaning tasdiqlangan TIA natijalari bo'yicha aniqlangan summa miqdorida investitsiyalash";

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"har yili 6,0 ming tonna ip-gazlama kalavasi, 7,5 mln kv. metr trikotaj gazlamalar va 5,0 mln dona tayyor tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilishini ta'minlash".

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlikdorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2016 yil 10 fevraldagi 33-son qarorida:

a) Ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro'yxatidan (1-ilova) "O'zmaxsusmontajqurilish" AK, "O'zagromashservis" uyushmasi", "O'zbekengilsanoat" AJ" satrlari hamda 1 - 4, 6, 10, 11, 14, 15, 17, 18, 20, 21 va 24-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;

b) Ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qo'shimcha aksiyalarni chiqarish yo'li bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro'yxatidan (2-ilova) 19-pozitsiya, "O'zkimyosanoat" AJ" satri hamda 29 - 37-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;

v) Ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar sub'ektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar bo'yicha yetkazib beruvchilarning ro'yxatida (3-ilova):

1) "Xalq banki" ATB" bo'limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"O'zbekoziqovqatxolding" XK

167-1.

"O'zbekoziqovqatxolding" XK

Toshkent shahri

167-2.

"O'zagroeksport" AJ

Toshkent shahri

 Banklar

168.

"Xalq banki" ATB"

Toshkent shahri

168-1.

"Qishloqqurilishbank" ATB

Toshkent shahri

168-2.

"Agrobank" ATB

Toshkent shahri

168-3.

"Mikrokreditbank" ATB

Toshkent shahri

 

2) "Sog'liqni saqlash vazirligi" bo'limidan keyin quyidagi mazmundagi bo'lim qo'shilsin:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

203-1.

"O'zbektelekom" AJ

Toshkent shahri

203-2.

"O'zbekiston pochtasi" AJ

Toshkent shahri

 

3) quyidagi mazmundagi 262-1-pozitsiya qo'shilsin:

262-1.

"Markaziy ippodrom" AJ

Toshkent shahri