Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2015 yilning yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

2015  yilning yanvar-dekabr  oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida  2187,5 mlrd.  so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 108%) hamda 185 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,6%) ishlab chiqarildi.

Sof holda 1234,38  ming tonna  mineral o'g'itlar, shu jumladan  942,72 ming tonna azotli o'g'itlar, 148,42  ming tonna fosforli o'g'itlar va 143,24 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2015 yil yanvar-dekabr oylarida  248,6 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 244,2 mlrd.so'm).

2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan  222,9  mln.dollar   hajmida investitsiyalar   o'zlashtirildi va prognoz 122,6%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 208  mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.

335 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 54 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2015 yil yanvar-dekabr oylari davomida 53792,2  mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 8740,3   mln.so'mlik  478,9 ming tonna  kompost tayyorlandi va sotildi, 380,9 ming tonna organik va 622 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 1006,9  ming gektar  g'alla  va paxta maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib,    suspenziya  tadbirlari o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati