Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

2016 yil yanvar-iyun oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

2016 yilning yanvar-iyun oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1237,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,2%) hamda 107,2 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 88,1%) ishlab chiqarildi.

Sof holda 667,8 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 529,6 ming tonna azotli o'g'itlar, 81,8 ming tonna fosforli o'g'itlar va 56,5 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2016 yil yanvar-iyun oylarida 162,9 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (o'sish sur'ati 125,4%).
Mahsulot eksporti prognozi 100%ga bajarildi.

2016 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 124,6 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi va prognoz 122,9%-ga bajarildi.

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida tuzilgan shartnomalarga binoan 186,9 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi (prognozga nisbatan 107,6%).

349 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 20 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida 26089 mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 60,6 ming tonna kompost tayyorlandi va 890,9 mln.so'mlik 48,1 ming tonna kompost sotildi. 173,4 ming tonna organik va 401,6 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 141,9 ming gektar g'alla va paxta maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati