Матн ранги:
A
A
A

Oddiy ko'rinish

Kimyo sanoatimiz tarixi

Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni jadallashtirish  ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral o'g'itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.

Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltin gugurt koni 1932 yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.

1940 yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» AJ) mahsulot bera boshladi.

1962 yilda Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi(bugungi kunda «Farg'onaazot» AJ) ishga tushirildi.

1964 iylda navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi.

1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) ishga tushirildi.

Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyatlar azotli o'g'itlar — ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqankimyo» va «Qo'qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlar fosforli o'g'itlar — ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat — ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta'minlaydi. «Elektroximzavod» QK-AJ o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo'lish mumkin:

  • mineral o'g'itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi;
  • organik kimyo, sun'iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi;
  • o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi;
  • kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi.

«O'zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170-dan ortiq kimyo mahsulotlar turlari ishlab chiqariladi.