Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Investitsiyalar

Kompaniya investitsiya siyosati ikki yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi:

  • xorijiy va mahalliy investorlarning sarmoyalarni jalb etish yo'li bilan zamonaviy kimyo ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud quvvatlarni qayta jihozlash va modernizatsiya qilish;
  • O'zbekiston kimyo korxonalarini xususiylashtirish va davlat mulkidan chiqarish ja-rayonlariga xorijiy investorlarni jalb etish.

Kompaniyaning investitsion faoliyatining ushbu yo'nalishlari O'zbekiston kimyo sanoati rivojlanishining muhim omillari sifatida xizmat qiladi, uning ishlab chiqarish qudratini oshiradi va bozor iqtisodiyoti mexanizmlar ishini ta'minlaydi.

Xususiylashtiriladigan ob'ektlar va investitsiya kiritish shartlari to'g'risida yanada batafsilroq ma'lumotni Kompaniyaning Iqtisodiy tahlil, bashorat va xususiylashtirish boshqarmasida va O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasidan, shuningdek, investitsion loyihalar va ularni moliyalashtirish bosqichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni Investitsiya boshqarmasidan olishingiz mumkin.