"O'zkimyosanoat" AJ

«Qo'ng'irot soda zavodi» MChJ ustav kapitalidagi «O'zkimyosanoat» AJning 51 foiz ulushini salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan sotish tartibi va shartlari to'g'risidagi ma'lumot

// 01 November 2019 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/tender/ksz51

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq «Qo'ng'irot soda zavodi» MChJ ustav kapitalining 51 foiz miqdoridagi ulushi sotilishi nazarda tutilgan.

Davlat mulkini sotishda tender savdolari o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasining qarori bilan (2019 yil 30 sentabr, №02/1-1328) «Qo'ng'irot soda zavodi» MChJning ulushini sotish shartlariga, «Ernst & Young Advisory» MChJ investitsiya maslahatchisi ishtirokida salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan ulushni quyidagi tartib va shartlarda sotishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilgan:

Salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan sotish tartibi quyidagi mexanizmni nazarda tutadi:

1 - bosqich:

Kelishilgan uzun ro'yhatdagi potentsial investorlarga tizerni (ob'ekt haqida qisqa axborot ma'lumotnoma) tarqatish (tadbir amalga oshirilmoqda).

2 - bosqich:

Qiziqish bildirgan salohiyatli investorlar bilan maxfiylik to'g'risidagi shartnomani (MSh) imzolash. Qisqa ro'yhatni belgilash, MShni imzolash yakuni bo'yicha investorlarga Axborot memorandumi va Tartib xatini taqdim etish. Investorlar tomonidan Majburiy bo'lmagan takliflar taqdim etilishi (tadbir amalga oshirilmoqda).

Investorlar tomonidan taqdim etilgan Majburiy bo'lmagan takliflarni tahlil qilish, kelishish va eng jozibadorini tanlash. Majburiy bo'lmagan takliflar tahlili natijasi bo'yicha tanlangan salohiyatli investorlarga foydalanish huquqini bergan xolda Virtual Ma'lumotlar Xonasini (VMX) tayyorlash va ochish.

Sotilayotgan ob'ektni salohiyatli investorlar tomonidan kompleks tekshiruvidan o'tkazish (dyu-dilidjens). Investitsion maslahatchi tomonidan kompleks tekshiruvni muvofiqlashtirish. O'tkazilgan kompleks tekshiruvlar natijalari bo'yicha investorlar tomonidan Majburiy takliflarni taqdim etish.

Investorlarning eng yaxshi Majburiy taklifini tahlil qilish va tanlash. Investorlar bilan keyingi muzokaralarni olib borish. Tanlangan eng yaxshi taklifni Davlat mulkini sotishda tender savdolari o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko'rib chiqish va tasdiqlash. Yuridik xujjatlarni tayyorlash (Oldi-sotdi shartnomasi va boshqa zarur bo'lgan kelishuvlar).

Tanlangan investor bilan yuridik xujjatlarni kelishish. Yuridik xujjatlarni imzolash va bitimni yopish.

Sotish shartlari:

- korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolish;

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2019 yildagi PQ-4265-sonli qaroriga muvofiq kaltsiynatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha kengaytirish va boshqa (yangi) turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish (investitsion majburiyatlarini bajarish muddatlari 2019-2024 yy.);

- yangi ish o'rinlarini yaratish shaklidagi ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish.

Shu bilan birga, xaridorlarni aniqlashda eng katta sotib olish to'lovlarini hamda investitsion va ijtimoiy majburiyatlarini taklif etgan investorga afzallik beriladi.

Sizni qiziqtirgan savollar bo'yicha qo'yidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:

«Uzkimyosanoat» AJ, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 38.
Tel: +998(78) 140-74-02. Veb-sayt: www.uzkimyosanoat.uz, elektron pochta manzili: project_leonardo@uks.uz.

Sotuvchining investitsion maslahatchisi: «Ernst & Young Advisory» MChJ, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi 75, «Ikonel» Biznes Markazi. Tel: +998(78) 140-64-10, Veb-sayt: www.ey.com/uz/en/home, elektron pochta manzili: tashkent@uz.ey.com.