
Ma’lumki, zamonaviy yuk mashinalari yoqilg‘i tejamkorligi, ekologik standartlarga mosligi va texnik xizmat ko‘rsatishda qulayligi bilan ajralib turadi. Bunday transport vositalari korxonadagi ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Jamiyat tomonidan 10 tonnadan yuk tashishga mo‘ljallangan ikki dona mashina xarid qilindi. Bunday imkoniyat nafaqat xavfsizlikni ta’minlash, balki iqtisodiy barqarorlikda ham muhim ahamiyatga ega. Yuk mashinalari haydovchilar uchun qulaylik yaratadi, transport harajatlarini optimallashtirish orqali mablag‘ni tejashga yordam beradi.

