"O'zkimyosanoat" AJ

Yoshlar muammolari oʻrganildi, xonadonbay uchrashuvlar oʻtkazildi

// 19 March 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yoshlar-muammolari-o-rganildi-xonadonbay-uchrashuvlar-o-tkaz

Maʼlumki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari Jamiyat boshqaruv raisiga biriktirilgan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “Paxtachi” MFYda istiqomat qiladigan 21 nafar yosh bilan uchrashdi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhammadbobur Abdurazakov bevosita xonadonlarga tashrif buyurib, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslarini oʻrgandi, muloqotlar oʻtkazdi. 

Har bir yoshning murojaati tinglanib, ularning hayotiy ehtiyojlari va kelgusidagi rejalarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ishsizlik toifasidan chiqarish boʻyicha “Paxtachi” MFY yoshlar yetakchisi bilan takliflar muhokama qilindi.

Shu bilan birga yaqinlashayotgan Ramazon hayiti va Navroʻz bayramini munosib nishonlash maqsadida yoshlar va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.