Bugun “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari v.b Kozimjon Ibragimov boshchiligida yoshlar ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlaridagi faolligini oshirish, kitobxonlik, tabiatni asrash va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ yoshlariga bayram tabrigi yoʻllandi. Qolaversa, bir qator korxona xodimlari estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
“Ammofos-Maxam” AJ Axborot xizmati