"O'zkimyosanoat" AJ

Yoshlar bilan muloqot

// 24 January 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yoshlar-bilan-muloqot

“O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Madina Abdullayeva “Navoiyazot”AJ 916-sonli nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexi 4-navbatida bo‘ldi.

Ushbu quvvatda 22 nafar yosh mutaxassislar faoliyat yuritadi.Zamonaviy, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan majmuada xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Muloqot davomida yigit-qizlarning takliflari o‘rganildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, ularning ilmiy izlanishlari uchun imkoniyat yaratish borasidagi fikrlari tinglandi. Tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar natijadorligi xususida so‘z bordi.

“Navoiyazot” AJ ning 7 nafar faol, tashabbuskor, iqtidorli yoshlariga  “O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanovning tashakkurnomasi topshirildi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI