"O'zkimyosanoat" AJ

Yosh mutaxassislar PR va ommaviy nutq ko‘nikmalarini oshirdi

// 09 June 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yosh-mutaxassislar-pr-va-ommaviy-nutq-ko-nikmalarini-oshirdi

Bo‘stonliq tumanidagi “Maxam-Chirchiq” AJ oromgohida bo‘lib o‘tayotgan III Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi doirasida Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi hamkorligida “PR texnologiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishining zamonaviy yondashuvlari, ta’sirchan taqdimot yaratish usullari, tinglovchilar bilan samarali muloqot olib borish tamoyillari hamda ommaviy nutq madaniyatining muhim jihatlari yuzasidan tavsiyalar berdilar.

Mashg‘ulot interaktiv formatda o‘tkazilib, unda qatnashchilar ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Savol-javoblar jarayonida forum ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob olib, tajriba va fikr almashdilar.
Ushbu seminar yosh mutaxassislarning muloqot madaniyatini yuksaltirish, omma oldida ishonch bilan so‘zlash hamda yangi tashabbus va g‘oyalarni samarali targ‘ib etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.