
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ–421-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Sport vazirligi, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tashabbusi bilan ijro etuvchi banklar, korxona va tashkilotlar oʻrtasida 6–7–8-fevral kunlari voleybol boʻyicha Oʻzbekiston korporativ kubogi musobaqasi yuksak saviyada tashkil etildi.
.jpg)
Mazkur nufuzli musobaqa mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ish jamoalari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qildi.
.jpg)
Quvonarlisi, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi musobaqa davomida yuqori mahorat, qatʼiyat va jipslik namoyon etib, munosib ravishda faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
.jpg)
“O'zkimyosanoat“ AJ gʻolib jamoani samimiy tabriklaydi va kelgusida ham yangi yutuqlar, bardavom muvaffaqiyatlar tilaydi!
.jpg)