Bugun “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi maslahatchisi - Xotin-qizlar kengashi raisi S.M.Abduraxmanova, "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatining korxonaning boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti raisi M.Shorayimova ishtirokida sayyor qabullar haftaligi boshlandi.
Sanobar Abduraxmanovaning korxona ayollarining mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan sayyor qabuli jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganilib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sayyor qabul davom etmoqda.