“O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 17-19-iyun kunlari Navoiy shahri delegatsiyasi vakillari Xitoyning Xunan provinsiyasi Chjuchjou shahriga qilgan xizmat safari chog‘ida tomonlar o‘rtasida 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolangan.
Mazkur kelishuvga muvofiq, yaqinda xitoylik tadbirkor va mutaxassislar “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad Navoiy va Chjuchjou shaharlari o‘rtasida kimyo sanoatidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali va ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada yaxshilashdan iborat.
Unda Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bir qator quvvatlar xususida o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, eksport imkoniyatini kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Manba: N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA, 04.09.2024