"O'zkimyosanoat" AJ

Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz

// 15 January 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/vatanni-himoya-qilish-fuqarolik-burchimiz

 “Oʻzkimyosanoat” AJda  “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur tardbirda tizim korxonalari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi katta oʻqituvchisi, polkovnik, dotsent Dilshod Botirov, akademiyaning Harbiy psixologiya va pedagogika kafedrasi harbiy pedagogika sikli boshligʻi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Кomiljon Nosirov, akademiya tinglovchisi, mayor Nuriddin Samadov, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Yarasheva ishtirok etishdi. 

 Harbiylar mehnat faoliyatlaridagi  tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyatidan videoroliklar namoyish etildi. Tizim korxonalari xodimlari ham tadbirda faol qatnashishdi, Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Korxonalarning ijodkor xodimlari oʻz ijod namunalari bilan oʻrtoqlashdi.