"O'zkimyosanoat" AJ

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

// 13 January 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/vatan-himoyachilari-kuni-munosabati-bilan-manaviy-marifiy-tadbir

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan bilan ulg‘ayar shon-u shavkatim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab Jamiyat rahbariyati tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan, shu bilan birga, yurtimiz tinchligini ta’minlashga ulkan hissa qoʻshayotgan barcha Vatan himoyachilariga samimiy bayram tabrigi yoʻllandi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir davomida tizim korxonalari vakillari tomonidan bayram tabrigi sifatida she’r va qoʻshiqlar, shuningdek, turli xil sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi.

Shuni ham alohida ta’kidlab oʻtish lozim, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining barchasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qator bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati