Transformatsiya ofisi menejeri
// 20 August 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/vacancy-office-manager
Ish staji: 3 yil
Toʻliq ish kuni
MAJBURIYATLAR:
- Transformatsiya dasturining nazorat ostidagi loyihalari va tadbirlarining samarali amalga oshirilishi va bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Nazorat hujjatlarini, jumladan, loyiha portfeli, yoʻl xaritasi, Transformatsiya dasturining nazorat roʻyxatini ishlab chiqish, yangilash va tasdiqlashda ishtirok etadi. Zarur hollarda Transformatsiya dasturining nazorat hujjatlariga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritilishini taʻminlaydi;
- Transformatsiya dasturining byudjetini ishlab chiqadi va Kompaniya biznes-rejasi monitoringi doirasida byudjet ijrosi boʻyicha natijalarni monitoring qiladi va tahlil qiladi.;
- Yoʻnalishlar boshliqlari tomonidan nazorat qilinadigan sohalarda Transformatsiya dasturini amalga oshirish nuqtayi nazaridan boʻlim boshliqlari uchun motivatsion (individual) KPIlarni ishlab chiqadi.;
- Loyihani boshqarish amaliyotlari, yondashuvlari va vositalaridan eng yaxshi foydalanish boʻyicha loyiha guruhlarini muvofiqlashtirad;
- Transformatsiya dasturi portfeli loyihalari uchun risklar roʻyxatini shakllantirishni taʻminlaydi;
- Potensial va strategik xatarlarni aniqlashda va Transformatsiya dasturi portfeli loyihalari xatarlarini ustuvorlashtirishda ishtirok etadi;
- Transformatsiya dasturining potentsial va amalga oshirilgan xatarlari toʻgʻrisida hisobotlarni yaratadi;
- Transformatsiya dasturi auditi doirasida axborot, materiallar, tahlillar tayyorlanishini taʻminlaydi;
- Ichki audit natijalari boʻyicha Tuzatish tadbirlari rejasining bajarilishini nazorat qiladi, birlashtiradi va hisobotlar tayyorlaydi.;
- Transformatsiya dasturi va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida muntazam hisobotlarni shakllantiradi;
- Transformatsiya idorasi vakolatiga taalluqli xatlar, murojaatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha tegishli javoblar, xulosalar tayyorlaydi;
- Yangi biznes modellarini ishlab chiqadi va joriy etadi.
TALABLAR:
- Oliy maʻlumotli;
- Ish tajribasi 3 yil;
- Ingliz va rus tilida bemalol gaplasha olishi;
- Texnologiyalarni bilish va maʻlumotlar bilan ishlash qobiliyati;
- Maʻlumotlarni tahlil qilishning matematik usullarini bilish;
- Rejalashtirish, prognozlash va modellashtirish qobiliyatlari;
- Tashkiliy oʻzgarishlarni boshqarish usullarini bilish;
- Yangi loyihalar bilan ishlaganligi;
- Boʻlimlar, loyiha guruhlarini yaratish tajribasi;
- Biznes jarayonlarini qayta qurish tajribasi;
- Normativ-huquqiy bazani bilish;
- Liderlik qobiliyati.
ISH SHAROITI:
- Oʻz vaqtida kafolatlangan ish haqi;
- Kasbiy oʻsish imkoniyati;
- Ish haqi muvaffaqiyatli nomzod bilan muhokama qilinadi;
- Loyiha, ijodiy va innovatsion professional jamoada ishlash;
- Qiziqarli biznesga shoʻngʻish va ichki jarayonlarni oʻrganish, boshqa boʻlimlar ishiga qoʻshilish va kasbiy ufqlaringizni kengaytirish imkoniyati;
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtish;
- Jozibador paket: oylik, choraklik mukofotlar.