"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlarining rasmiy bayonoti

// 11 May 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-dehqonobod-kaliy-zavodi-ajlarning-rasmiy-bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tashqi hududida mahsulot yuklash uchun kelgan avtotransport vositalari haydovchilariga yetarli darajada qulaylik yaratilmaganligi boʻyicha murojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʻlum qilamiz.

 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hududida yuk tashuvchi transportlarga yuk ortish jarayonida ularni yuk ortishga tayyorlash, yuklash, yuk tashish xujjatlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish, umuman olganda, yuk tashuvchi transport vositalarining meʻyordan ortiq kutib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida barcha tashkiliy ishlar toʻgʻri va tizimli tashkil qilingan.

Shuningdek, yuk avtotransport vositalari haydovchilari uchun zavod hududida ovqatlanish va dam olish uchun maxsus joylar hamda boshqa zarur boʻlgan barcha qulayliklar yaratilgan. Ammo, mahsulotlarni yuklash uchun bir vaqtning oʻzida barcha yuk avtotransport vositalarini qabul qilish imkoni boʻlmaganligi tufayli mazkur holat kelib chiqqan.

Hozirda mahsulot yuklash uchun kelgan avtotransport vositalari haydovchilari talab va takliflaridan kelib chiqqan holda,  zavodning tashqi hududi hisoblanadigan, yuk avtomashinalari turar joyi yaqinida ham haydovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, zavod qurilishida foydalanilgan binoninig bir qismi ajratilib, u yerda zarur boʻlgan barcha qulayliklarga ega dam olish va ovqatlanish xonalari hamda boshqa sharoitlar hozirlanmoqda. Taʻmirlash ishlari tez orada yakunlanishi va haydovchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini maʻlum qilamiz.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati