"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida 2024-yilning oʻtgan 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

// 12 November 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-azh-va-tarmoq-korhonalarida-2024-yilning-utgan

Hisobot davrida 49 ta holatda tender tanlovlari va tuzilgan shartnomalar bekor qilinib, 18,4 mlrd soʻm pul mablagʻlari noqonuniy sarflanishining oldi olindi

AOKAda “Oʻzkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Hojiakbar Toʻlaganov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda tarmoq korxonalarida 2024-yilning oʻtgan 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan “Oʻzkimyosanoat” AJda 16 ta, “Navoiyazot” AJda 32 ta, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 9 ta, “Maksam-Chirchiq”AJda 15 ta, “Ammofos-Maksam” AJda 12 ta hamda “Oʻzkimyoimpeks” MCHJda 11 ta ichki idoraviy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, jami aniqlangan 18 ta holatdagi korrupsion omillarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Jamiyat va uning tarmoq korxonalariga korrupsion va boshqa qonunbuzilish holatlari hamda manfaatlar toʻqnashuvi yuzasidan kelib tushgan murojaatlarning 32 tasi boʻyicha xizmat tekshiruvi va oʻrganishlar oʻtkazildi. Tekshiruv natijalariga koʻra, toʻplangan hujjatlar asosida 12 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 24 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrugʻiga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan, joriy yilning 2-choragi davomida “Navoiazot”, “Maksam-Chirchiq”, “Ammofos-Maksam” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlarining mamlakatimiz hududlarida joylashgan jami 140 ta mineral oʻgʻitlarni vaqtinchalik saqlovchi vakolatli ijara omborlarida joyiga chiqqan holda oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish davomida 3 ta holatda 9.6 mlrd soʻmlik mineral oʻgʻitlar kamomadi aniqlanib, ayni paytga qadar 5,2 mlrd soʻm yetkazilgan moddiy zarar undirildi.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati