"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi litsenziatlarni prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyatining holati

// 10 March 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-aj-tizimidagi-litsenziatlarni-prekursorlar-muomalasi-bilan-bogliq-faoliyatining-holati

2023-yilning 10-mart kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi malakali mutaxassislari tomonidan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan Qonun va qarorlar, jumladan, prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilishi ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, prekursorlarni saqlashga doir muhim texnik talablar va boshqalar boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari masʼul xodimlari uchun videokonferensaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan mavzu boʻyicha batafsil maʻlumotlar berildi. Shu bilan birga, oʻquv mashgʻuloti qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.