“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida ishtirokchilar sport musobaqalarida oʻz korxonalari shaʼnini munosib himoya qilishdi.
Xususan, yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi musobaqasida 1- va 2-oʻrinlar “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ mutaxassislari Ubaydulla Musulov va Shohrux Ulashevga nasib etdi. “Maхam-Chirchiq” AJ xodimi Sherzod Gafurbekov 3-oʻrinni egalladi.
Stol tennisi boʻyicha qizlar oʻrtasidagi bahslarda esa barcha faxrli oʻrinlar “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qizlariga nasib etdi. Shohista Usnatdinova-1-oʻrin, Bagjan Kuchkarova 2-oʻrin, Gulnara Uzakbayevalar 3-oʻrinni zabt etishdi.
Gʻolib yoshlarni munosib gʻalaba bilan tabriklaymiz.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati