"O'zkimyosanoat" AJ

Sifat va samaradorlik sari

// 21 January 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/sifat-va-samaradorlik-sari

“Navoiyazot”AJ negizida sianid tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining 2-bosqichini qurish bo‘yicha bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.  

Loyihaning umumiy qiymati 88,2 mln. dollar bo‘lib, uning to‘liq quvvatda ishga tushishi bilan yiliga 120 million dollarlik yangi mahsulot olish imkoniyati yaratiladi. Natijada import o‘rnini bosadigan 48 million dollarlik, eksportga yo‘naltiriladigan 72 million dollarlik  kimyoviy mahsulotlar tayyorlanadi. 3 bosqichli loyiha yiliga 80 ming tonna suyuq natriy sianidi, 8000 tonna sinil kislotasi, 50 ming tonna ammoniy sulfat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, loyihaning 1-bosqichi 2025-yilning avgust oyida ishga tushgandi. Dekabr oyi yakuniga qadar 8125 tonna mahsulot ishlab chiqarilib, asosan “NKMK” AJga yetkazib berildi. 

Konchilik va metallurgiya, kimyo sanoatida keng qo‘llaniladigan mahsulotga bugungi kunda talab yuqori. Loyihaning ikkinchi bosqichini joriy yilning ikkinchi choragi yakunida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu esa ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkonini beradi.