"O'zkimyosanoat" AJ

“Navoiyazot” AJ uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

// 30 August 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/safarov-sunnatillo-suyunovich-dustlik-ordeni-bilan-taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.