"O'zkimyosanoat" AJ

Oila - vatan tayanchi

// 16 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/oila-vatan-tayanchi

Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha “Xalqaro oila kuni” mamlakatimiz bo’ylab  keng nishonlanmoqda. 

Bayram munosabati bilan “Ammofos-Maxam” korxonasida ham farzandlarga yaxshi fazilatlari bilan namuna bo‘lib kelayotgan ibratli oilalar bilan davra suhbati o’tkazildi. Ma’lumot uchun Mamatovlar oilasi 36 yil, Rahmonovlar oilasi 34 yil, Bondarenko oilasi esa 15 yildan beri hamjihat bo’lib umrguzaronlik qilishmoqda.

Tadbirda “Ammofos-Maxam” AJ boshqaruv raisi Iskandar Umarov ushbu qutlug’ sana bilan barchani tabriklab, samimiy tilaklarini bildirib o’tdi. Shuningdek, boshqaruv raisi o’rinbosarlari, korxona xodimlari, viloyat va shahardan ma’sullar ishtirok etishdi.

“Ammofos-Maxam” AJ Axborot xizmati