"O'zkimyosanoat" AJ

Ogʻir toifadagi yoshlar bilan ishlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

// 10 October 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/og-ir-toifadagi-yoshlar-bilan-ishlash-chora-tadbirlari-muhok

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJning maxsus ishchi guruhi hamda Parkent tumani hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Soatov va Yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi vakili bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqot chog‘ida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarga e'tibor qaratildi.

Xususan, Jamiyatga biriktirilgan 26 nafar yoshni ogʻir toifadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi koʻrib chiqildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati