"O'zkimyosanoat" AJ

“OʻZKIMYOSANOAT” AJ VA OILA VA XOTIN-QIZLAR KOʻMITASI OʻRTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

// 18 September 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-va-oila-va-xotin-qizlar-ko-mitasi-o-rtasid

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpibayeva, jamiyat rahbariyati hamda xotin-qizlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Unda tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tizimda gender tenglikni taʼminlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. 

Maʼlumki, bugungi kunda tizim korxonalarida 9620 nafar, markaziy apparatda 38 nafar xotin-qizlar mehnat faoliyatini olib boradi.  Jamiyat boshqaruv raisi oʻrinbosari Akbar Qurbonov 10 mingga yaqin ayol ishchi-xodimlarning tizimda tutgan oʻrnini alohida taʼkidlab, mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayollar hayotidagi muhim ahamiyati, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki koʻrsatkichlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va amaliy natijalarini qayd etdi. 

Shu oʻrinda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva “Oʻzkimyosanoat” AJda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, ularning har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan  chora-tadbirlarni eʼtirof etdi.

 

Uchrashuv soʻnggida “Oʻzkimyosanoat” AJ va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Memorandumda nazarda tutilgan hamkorlik yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

•“Oʻzbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning tegishli bandlarini nafaqat Toshkent viloyatida, balki butun respublikamizda sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini soʻzsiz va sifatli taʻminlash;

•Toshkent viloyatidagi “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan 1000 nafar xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash va madaniy dam olishlarini taʻminlash;

•Kasanachilikni rivojlantirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari xodimlarining oila aʻzolarini pillachilik va ipakchilik yoʻnalishlarida qoʻshimcha ish bilan taʻminlash va tarmoq xodimlari oilalarining daromadini yanada oshirish;

•Aksiyadorlik jamiyatidagi oilalar va xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etishga koʻmaklashish, ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish;

•Mehnat jamoasidagi xodimlar, biriktirilgan hududdagi oilalarning maʻnaviy-axloqiy holatini oʻrganish va yaxshilash, muammolarini oʻrganish va ijobiy hal etish borasida sayyor qabullar tashkil etish;

• Iqtidorli, ilmli yosh xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ stipendiyasini joriy qilish;

• “Oʻzkimyosanoat” jamiyatida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Moʻtabar ayol”, “Ibratli oila” koʻkrak nishoniga tavsiya etib borish kabi bandlarni hamkorlikda amalga oshirish.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati