"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ va investorlarning Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yalpi majlisi boʻlib oʻtdi

// 06 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-va-investorlarning-toshkent-xalqaro-invest

Oʻzbekistonda kimyo sanoatining yillik oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun qanday reja va strategiyalar ishlab chiqilmoqda? Sohani xorijiy investorlar uchun yanada jozibadorligini oshirish maqsadida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?

Yalpi majlisda ushbu savollarga batafsil javob olish imkoni yaratildi. 

Tadbirda Linde (Germaniya) kompaniyasining Yevropa-Sharq mintaqasi boʻyicha prezidenti - Mattias Kranz, Indorama Kokand Fertilizers and Chemical bosh direktori -Rakhul Singh, NexantECA kompaniyasining MDH mintaqasi boʻyicha rahbari, bosh maslahatchi Sergey Radchenko, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Akbar Kurbanov hamda “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov ishtirokchilarni qiziqtirgan ushbu savollarga batafsil javob berishdi. 

Kimyo sanoatining mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʻrni, asosiy yutuqlar va koʻrsatkichlar, istiqbolli rejalar va investitsion loyihalarning asosiy parametrlari boʻyicha maʼlumotlar berildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati