"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

// 27 November 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-tomonidan-joriy-yilning-o-tgan-davrida-ama

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati hamda  OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Matbuot anjumanida Jamiyatning joriy yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash, tannarxni pasaytirish, ishga tushirilayotgan yangi investitsion loyihalar, eksport koʻrsatkichlari tahlil qilindi. 

Maʼlumot uchun: 2024-yilning 9 oyida tovar mahsuloti hajmi 13,4 trln soʻmni, oʻsish surʼati 107 foizni tashkil etdi, jami sof holda 1,096 mln tonna mineral oʻgʻitlar, shundan 847,3 ming tonna azotli, 87,7 ming tonna fosforli va 161,1 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarildi, respublikaning 124 ta tumanida jami 275 ta 1,7 mln tonna sigʻimga ega mineral oʻgʻit vakolatli omborlari tashkil qilindi, yangi 5 ta davlatlar  (AQSH, Meksika, Peru, Braziliya, Chili) bozorlari oʻzlashtirilib, jami eksport bozorlari 52 taga yetdi. Hisobot davri eksport koʻrsatkichida mineral oʻgʻitlar ulushi 58,3 foizni, qolgan 41,7 foizi boshqa kimyoviy mahsulotlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, tarmoq korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, energotejamkor loyihalar ishlab chiqish, mahalliy tadbirkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar va jahon brendlarini jalb qilish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. 

Tadbir yakunida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati