"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ The Bizz Awards xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi

// 10 July 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-the-bizz-awards-xalqaro-mukofotiga-sazovor

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xalqaro miqyosda yana bir muhim yutuqqa erishdi — kompaniya The Bizz Awards mukofotiga sazovor boʻldi.

The Bizz Awards — bu 2005-yildan beri Butunjahon biznes konfederatsiyasi (WORLDCOB) tomonidan taʼsis etilgan va jahon miqyosidagi eng nufuzli biznes mukofotlardan biri hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — korporativ boshqaruvning yuqori darajasi, barqaror oʻsish, ijtimoiy masʼuliyat hamda biznes yuritish etikasining yuqori standartlariga sodiq qolib faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni eʼtirof etishdir.

Dunyo boʻylab 130 dan ortiq davlatlardan ishtirokchilarni qamrab olgan mazkur mukofot doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ "Innovatsion, malakali va tizimli ishlovchi yetakchi" nominatsiyasida gʻolib deb topildi. Bu esa kompaniyaning xalqaro bozorlardagi nufuzi, sanoat sohasidagi barqaror oʻsishi hamda islohotlarga asoslangan boshqaruv tizimining xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilganidan dalolat beradi.

Shuningdek, Jamiyat rahbariyati ham The Bizz Awards mukofotining bir qator individual nominatsiyalarida muvaffaqiyatli deb topilib, yetakchi rahbarlik, professional boshqaruv, strategik qarorlar qabul qilishdagi samaradorlik va tashkilotni xalqaro standartlar asosida boshqarish boʻyicha mukofotlarga sazovor boʻldi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ kelgusida ham innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar va barqaror rivojlanish orqali milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishda davom etadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati