"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari, xotin-qizlar kengashi raislari, yoshlar masalalari boʼyicha maslahatchilar hamda matbuot kotiblari yigʻilishi boʻlib oʻtdi

// 12 October 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-tarmoq-korxonalari-ma-naviy-ma-rifiy-ishla

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari, xotin-qizlar kengashi raislari, yoshlar masalalari boʼyicha maslahatchilar hamda matbuot kotiblari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtgan yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova korxonalarda ish jarayonlarining toʻliq davlat tilida olib borilishi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishchi-xodimlar, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, tasdiqlangan ish-rejaga asosan madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etish masalalariga alohida toʻxtaldi.

Shuningdek, tizim korxonalaridaga masʼullarga xotin-qizlar masalalari bilan alohida ishlash, ularning murojaatlari va muammolarini oʻrganish va yechim taklif qilish, qolaversa, qoʻllab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, yaqinlashib kelayotgan Oʻzbek tili bayramiga munosib tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tizim korxonalari masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berildi.