"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini yana 1 yil muddatga uzaytirdi

// 04 December 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-menejment-ti

 

Joriy yilning 27-28-noyabr kunlari ISO 37001:2016 halqaro standart talablariga muvofiq “CERT International” xalqaro trening kompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ikkinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi va xalqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi amalda samara berayotganining asosiy koʻrsatkichi bo'lgan ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati muddatini 1 yilga uzaytirildi.

 Oʻz navbatida ushbu ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning xodimlarini korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy meʼyorlarni hisobga olgan holda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini vijdonan bajarishi, qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilishi, teng raqobat tamoyillariga amal qilishi va halollik, ochiqlik va vijdonlilikning korporativ madaniyatini shakllantirish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.